Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Sahoba mahallasidagi muammolar mahalla yettiligi ishtirokida o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov tomonidan tumandagi 21-Sahoba saylov okrugi hududida joylashgan Sahoba mahallasida mahalla yettiligi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔘Uchrashuv davomida mahalla hududida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔘Xususan, Sahoba mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta'minlash borasidagi muammo ko‘tarildi. Ta'kidlanishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, suyultirilgan gaz ballonlari har 45 kunda almashtirib berilishi belgilangan bo‘lsa-da, ayrim hollarda ushbu muddat 80 kundan oshganiga qaramay, aholi hali ham gaz ballonlari bilan ta'minlanmagan.

🔘Mazkur holat natijasida fuqarolar kundalik turmushida qator noqulayliklarga duch kelayotgani, ayniqsa yoz va qish mavsumlarida suyultirilgan gaz ta'minotidagi uzilishlar aholi e'tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

🔘Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida atroflicha o‘rganish, suyultirilgan gaz ta'minoti bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda uning ijrosini deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3