Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norqarayev tomonidan tumandagi 20-saylov okrugi hududida joylashgan 17-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida"gi O‘RQ-595-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

⚡️O‘rganish davomida muassasada maktabgacha ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim jarayonining davlat talablariga muvofiqligi, pedagog xodimlarning faoliyati, bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✍️Shuningdek, Qonunda belgilangan normalar asosida bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim olish huquqini ta'minlash, zamonaviy ta'lim-tarbiya metodlarini qo‘llash, tarbiyalanuvchilarning intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ota-onalar bilan hamkorlik ishlari yuzasidan mas'ullar bilan muloqot qilindi.

➡️O‘rganish yakunida muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, qonun talablariga to‘liq rioya etish, ta'lim sifati va tarbiya samaradorligini oshirish, mavjud ijobiy tajribalarni keng joriy etish hamda aniqlangan ayrim masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.