Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Chilonzor tuman Kengashida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri D.Ravshanbekov ishtirokida kotibiyat va deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati faoliyati, deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, saylovchilar bilan ishlash tizimi hamda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, kotibiyat ishini samarali tashkil etish, deputatlarning nazorat faoliyatini kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan qator amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusida kotibiyat hamda deputatlar faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirish, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish va hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.

Slide 1 of 3