35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 15-Zuhro saylov okrugi deputati A.Ermatov tomonidan saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat Qirguli mahallasi Ko‘ngil ko‘chasida yashovchi aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan ko‘chani asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilib, ushbu muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘raldi.

Deputat A.Ermatov fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatni atroflicha o‘rganib, mazkur masalani shaxsiy deputatlik nazoratiga olishini ma’lum qildi.

Shuningdek, murojaat belgilangan tartibda deputatning "Ko‘cha aylanish daftari"ga qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, ko‘tarilgan muammo mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganiladi.

O‘rganish natijalari asosida mavjud holat tahlil qilinib, ko‘chani asfaltlashtirish masalasini hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi hamda tegishli idoralarga taqdim etiladi.

Slide 1 of 5