35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, 21-B. Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan B. Marg‘iloniy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada "Ayollar daftari" bilan ishlash tizimi, ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, davlat dasturlari ijrosini sifatli ta’minlash va mahalladagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan bu yo‘nalishdagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 4