Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
#162_qonun #yoshlar_yetakchisi_faoliyati 🏛️Yoshlar siyosati markazda: "Yulduz" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati atroflicha tahlil qilindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-“Yulduz” saylov okrugi deputati I.Shatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi “Yulduz” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisining bugungi kundagi faoliyatini atroflicha tahlil qildilar.

⏺Mazkur nazorat-tahlil jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida tashkil etilib, yoshlar yetakchisining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

💬"Yulduz" mahallasida yoshlarning holati va yetakchi faoliyati statistikasi:

🟢Mahalladagi umumiy 1394 nafar bo‘lib, yoshlar quyidagi toifalarga ajratilgan:
▶️"Yashil toifa" (rasmiy bandlar, o‘quvchi/talabalar): 1090 nafar yosh.
▶️"Sariq toifa" (band bo‘lmagan, lekin o‘qishga/ishga intilayotganlar): 304 nafar yosh.
▶️"Qizil toifa" (ijtimiy himoyaga muhtoj, muammoli yoshlar): 23 nafar yosh.

💬2026-yilning 6 oyi davomida yoshlar yetakchisi tomonidan quyidagi amaliy ishlar amalga oshirilgan:

🟢“Yoshlar daftari” orqali ko‘mak: “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan yoshlarning 6 nafariga turli moddiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan. Yana 2 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularning muammolari o‘rganilmoqda.

🟢Bandlikni ta’minlash: Yil boshidan o‘tkazilgan xatlov natijasida aniqlangan jami 12 nafar ishsiz yoshning bandligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilgan. 4 nafari doimiy ishga joylashtirildi. 8 nafariga o‘z biznesini boshlashi uchun asbob-uskuna berish orqali bandligi ta’minlangan.

💬
 "Yoshlar yetakchisi — nafaqat statistika yurituvchi shaxs, balki har bir yoshning hayotida ijobiy o‘zgarish yasovchi amaliy ko‘makchi bo‘lishi shart. Biz bugun mana shu amaliy natijalarni ko‘rib turibmiz," — deya ta'kidladi deputat I.Shatova.

🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisining ish samaradorligini yanada oshirish, "Qizil" va "Sariq" toifadagi yoshlar bilan tizimli va manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 1