35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Kengash_faoliyati

🌿 Bandixon tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tomonidan "Chinor" mahallasida joylashgan 1-sonli texnikumda xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha berilgan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

✅O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, yaratilgan shart-sharoitlar va ularning amaliy samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Jumladan, deputatlarga biriktirilgan qonunlar taqsimoti doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

✅Xususan, 1-sonli texnikumning birinchi qavatida xotin-qizlar uchun zamonaviy tikuvchilik xonasi tashkil etilgani, zarur tikuv mashinalari va jihozlar bilan ta’minlangani hamda qulay mehnat muhiti yaratilgani qayd etildi. Bu esa xotin-qizlarning kasb egallashi, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

✅Mazkur tashabbus nafaqat oilalar farovonligini oshirish, balki xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

✅O‘rganish yakunida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, qo‘shimcha kasb-hunar o‘quv kurslarini tashkil etish hamda ko‘proq xotin-qizlarni qamrab olish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✅Mahallalarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4