Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#24_masala #dastur_ijrosi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Z.Jabborova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raisi F.Sidikov tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash va tomorqalardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olingan.
​Kuni kecha deputatlar tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Sharipovning hisoboti yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

​🚜 Muammolar joyida o‘rganildi
​Ishchi guruh tumanimizdagi “Yangihayot” mahallasida bo‘lib, u yerda “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, tomorqa madaniyatini yuksaltirish va ekin maydonlaridan unumli foydalanish holatini ko‘zdan kechirdi.

​O‘rganishlar davomida mas’ullarning hududdagi ekin maydonlari va aholi tomorqalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, berilgan imtiyozlar hamda yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.


​“Bir kontur — bir mahsulot” tizimi orqali hudud drayveri hisoblangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholining doimiy daromad manbaini yaratish va tomorqadan yiliga 2-3 marta hosil olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha deputatlar va soha mutaxassislari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.
​Bu kabi o‘rganishlar tumandagi boshqa mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham davom ettiriladi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2