35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat tashabbusi — aholi muammosiga amaliy yechim

✔️Toyloq tumanidagi Xo‘jaqishloq mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar aholi manfaatiga xizmat qilmoqda.

✔️Tuman hokimi, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Behzod Rahmatullayev tashabbusi bilan deputatlarga hududlardagi dolzarb muammolarni hal etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi. Ana shu tashabbus doirasida Xo‘jaqishloq mahallasi aholisidan kelib tushgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari, tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova tomonidan o‘rganilib, masala sessiya kun tartibiga kiritildi.

✔️Natijada mahallaga quvvati 100 kVt bo‘lgan yangi transformator olib kelindi. Mazkur transformator O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi sessiyasi qarori bilan orttirilgan mablag‘lar hisobidan xarid qilinib, mahallaga yetkazib berildi.

✔️Bu ezgu ish mahalla faollarini ham ruhlantirdi. Ularning tashabbusi bilan qo‘shimcha ravishda 160 kVA quvvatga ega yana bir transformator olib kelinib, elektr tarmoqlarini yanada mustahkamlash ishlari boshlandi. Jarayonlarda mahalla raisi Feruz Rahmonqulov ham faol ishtirok etmoqda.

✔️Eng muhimi, amalga oshirilgan ishlar natijasida yuzlab xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilanib, aholi uchun yanada qulay sharoit yaratildi. Xo‘jaqishloqdagi bu amaliy natija deputatlar, mahalla faollari va ijro hokimiyati hamkorligining samarali namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌐https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3