35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#ekspert_guruh

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi huzurida faoliyat yuritayotgan Ekspert guruhi Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini takomillashtirish, qabul qilinayotgan qarorlarning sifatini oshirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Ekspert guruhi a’zolari Kengash sessiyalari kun tartibiga kiritilgan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, qaror loyihalarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qiladi hamda tegishli tavsiyalar beradi.

Shuningdek, ular:
🔹 qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
🔹 korrupsiyaviy omillar va ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni aniqlash;
🔹 xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
🔹 deputatlar, fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
🔹 nazorat-tahlil tadbirlarida ishtirok etish;
🔹 aholi bilan uchrashuvlar, sayyor qabullar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, Ekspert guruhi davlat va hududiy dasturlar ijrosini tahlil qilish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda Kengash faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.

✅ Qonuniylik, xolislik va jamoatchilik manfaatlari ustuvorligi — Ekspert guruhi faoliyatining asosiy mezonlaridir.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Faceboo