35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik nazorati doirasida qonun ijrosi o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "G‘ambur" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi 2023-yil 9-noyabr № O‘RQ–877-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

🌱 O‘rganish davomida aholi va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘simliklarni himoya qilish qoidalarini targ‘ib etish, sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tushuntirish hamda o‘quv ishlari holati tahlil qilindi.

🧪 Shuningdek, kimyolashtirish vositalari va o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning amaldagi tartibi, ularni qo‘llashda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda mazkur jarayonlar ustidan olib borilayotgan nazorat holati o‘rganildi.

✅ O‘rganish yakunida qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, aholi hamda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan oqilona va xavfsiz foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar ekologik xavfsizlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish hamda amaldagi qonunchilik ijrosini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5