35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda “Yashil bog‘” loyihasi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Tuganbekov Oybek Bahrombekovich Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Yunusobod tumani “Adolat” mahallasidagi 80/14 va 80/1-uylar oldida tashkil etilayotgan “Yashil bog‘” hududida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.


Mazkur hududni “Yashil bog‘” sifatida tashkil etish masalasi fuqarolar murojaati asosida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 529-son qarori talablari hamda mutasaddi tashkilotlarning ilmiy xulosalari va tavsiyalari asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilingan.


Qarorga muvofiq, “Adolat” mahallasi hududidagi 2 500 kvadrat metr yer maydonida “Yashil bog‘” barpo etilishi belgilangan. Shuningdek, yashil hududni saqlash, daraxtlarni muntazam parvarishlash, sug‘orish, oziqlantirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilgan.


Qaror ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyida o‘rganish maqsadida deputatlar ishtirokida hudud ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida **“Yashil bog‘”**ni barpo etish ishlari, mavjud daraxtlarning saqlanish holati, ularni parvarishlash va hududni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.


Bunday hamkorlikdagi o‘rganishlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini samarali nazorat qilish, hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 3-iyul kuni Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida **“Chilonzor tumanida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida”**gi III-22-52-14-204-K/26-son qaror qabul qilingan bo‘lib, mazkur loyiha tuman hududida yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik muhitni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5