35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#dastur_ijrosi #96_qonun #ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev hamda tuman Kengashi deputati Sh.Ortiqov ishtirokida “Zarbdor tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishildi.
Mazkur tashabbus hudud iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Loyihaning 2026-yil birinchi bosqichi doirasida 4 milliard 260 million so‘mlik ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida muhim infratuzilma obyektlari barpo etiladi.
Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, 50 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratilishi, budjetga qo‘shimcha 300 million so‘m tushum kelib tushishi kutilmoqda.
Shuningdek, “Ilmobod” mahallasidagi o‘rmon xo‘jaligi balansidagi 9,12 gektar yer maydonida ekoturizm yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Hududda tabiat qo‘ynida zamonaviy dam olish maskani tashkil etilib, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi imkoniyatlar yaratiladi. Natijada 35 ta yangi tadbirkorlik subyekti faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda loyiha doirasida infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil olib borilmoqda. Jumladan, yo‘llarni asfaltlash, piyodalar yo‘laklari qurish, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini tortish, elektr ta’minotini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mutasaddilar tomonidan ta’kidlanganidek, loyiha joriy yilning iyul oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tashabbus Toyloq tumanining turizm salohiyatini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga yangi sur’at bag‘ishlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 7