35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kengash_faoliyati

🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

#24_ta_masala

Mahallalarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida joylarda tizimli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 2-Bektepa saylov okrugidan saylangan deputat B.Yo'ldoshevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov "Bektepa" mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyatini joyida tahlil qildi.

Tashrif davomida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" a’zolarining o‘zaro hamkorligi, aholining murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bunday o‘rganishlar deputatlik faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2