35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F.Xashimova hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Tojik
mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni
qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqalardan samarali
foydalanish, aholi daromadlarini oshirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan
ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlar
ajratish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ehtiyojmand oilalarni manzilli
qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan
kechirildi.

O‘rganish natijasida aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga
amaliy tavsiyalar berildi. Muammo va kamchiliklar "Deputatning ko‘cha aylanish daftari"ga
kiritilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi
hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4