35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA: ELEKTR TAЪMINOTIDAGI MUAMMOLARGA YECHIM IZLANDI

🔍Toyloq tumanida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Mo‘minova hamda tuman Kengashi mas’ullari Saribozor mahallasida bo‘lib, fuqarolarning elektr energiyasi bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rgandilar. Mahalla aholisi tomonidan Jumabozor va Saribozor mahallalaridagi 300 kVtli transformator yuqori kuchlanishda ishlayotgani, bu esa tez-tez nosozliklarni keltirib chiqarayotgani, shuningdek, eski elektr ustunlarini yangi beton ustunlarga almashtirish zarurati mavjudligi ta’kidlandi.

🔍O‘rganish jarayonida muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq vazifalar belgilab olindi. Deputat N.Mo‘minova har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini ta’kidlab, aholi muammolarini joyiga chiqqan holda hal etish ustuvor vazifa ekanini qayd etdi. Bunday manzilli o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlardagi ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

✅Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3