Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati boshchiligida tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati boshchiligida tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Karimovich Iminov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati A.Pardayev xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qiziriq tuman Kengashi raisi Y.Umbarov hamrohligida tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholining tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida tumandagi tibbiyot muassasalarining faoliyati, moddiy-texnik bazasi, raqamlashtirish jarayonlari, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati atroflicha tahlil qilindi.

Dastlab, tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi o‘rinbosari S.Xolmamatov hamrohligida tuman tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyati bilan tanishildi. Bo‘limning mavjud infratuzilmasi, bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2