Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li tomonidan Hududgaz Xorazm gaz ta’minoti filiali “Shovottumangaz” bo‘limi boshlig‘i I. Otajanov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
📍 Deputatlik uchrashuvlari davomida Shovot tumani Navro‘z mahallasidagi Navo 2-tor, Navo 3-tor, Navo 1-berk hamda Yangi Zamin 1-berk ko‘chalari aholisi tomonidan joriy yilning 28-aprel kunidan buyon suyultirilgan gaz yetkazib berilmayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.
⚠️ Mazkur holat fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib, ularning kundalik turmushida qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
📄 Deputat so‘rovida:
✅ Suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzilish sabablari;
✅ Gaz yetkazib berishni tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
✅ Muammoni bartaraf etish muddatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
⏳ Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, mazkur deputat so‘roviga 10 kun muddat ichida javob berilishi talab etilgan.
⚖️ Eslatib o‘tamiz, deputat so‘rovlarini ko‘rib chiqmaslik yoki belgilangan muddatlarda javob bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
🤝 Xalq manfaatlari va fuqarolar murojaatlarini hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.