Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Huquqiy ma'lumot

🛡 Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish — har bir fuqaroning huquqi

O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-sonli Qonuni fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.

✅Bu muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan, uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma’lumotlardir (masalan: F.I.Sh., pasport ma’lumotlari, manzili, biometrik ma’lumotlari, telefon raqami va h.k.).

🔅Rozilik prinsipi:

Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni to‘plash, qayta ishlash va saqlash uchun albatta sizning roziligingiz olinishi shart (qonunda belgilangan ayrim holatlar mustasno).

🔅Ma’lumotlarning maxfiyligi:

Ma’lumotlaringizni to‘playotgan tashkilot (operator) ularning maxfiyligini va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalanganligini ta’minlashi shart.

🔅Axborot olish huquqi:

Siz o‘z ma’lumotlaringiz qayerda saqlanayotgani, kimga berilgani va nima maqsadda foydalanilayotgani haqida axborot olishga haqlisiz.

🔅Ma’lumotlarni o‘chirish yoki tuzatish:

Agar shaxsiy ma’lumotlaringiz noto‘g‘ri bo‘lsa yoki ularni qayta ishlashga bergan roziligingizni qaytib olsangiz, tashkilot ushbu ma’lumotlarni tuzatishi yoki o‘chirib tashlashi shart.

✅Bu nima uchun muhim?

Ushbu Qonun shaxsiy ma’lumotlarning sizning ruxsatingizsiz tarqalib ketishining oldini oladi, kiberjinoyatchilikdan himoyalanish imkonini beradi va inson huquqlari ustuvorligini ta’minlaydi.

✅Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Slide 1 of 1