Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi

Aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gulshan Zokirovna Hasanova tomonidan “Zarafshon” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarning issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi bilan muloqot qilinib, kommunal xizmatlar sifati, mavjud muammolar va fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kommunal infratuzilma obyektlarining holati, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda aholini uzluksiz va sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar mutasaddilariga tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi turmush farovonligini oshirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3