Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Aholi murojaatlari deputat e’tiborida

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Chilonzor tuman Kengashi deputati Oybek Tuganbekov bilan birgalikda “Kichik Xirmontepa” mahallasida tashkil etilgan navbatdagi fuqarolar qabulida ishtirok etib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda Ekologik partiyaning Chilonzor tuman Kengashi mas’ullari, mahalla yettiligi, boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari hamda 61 va 62-sonli ko‘p qavatli uylar aholisi qatnashdi.

💬 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan uy-joy kommunal xo‘jaligi, ko‘p qavatli uylarni saqlash, hududlarni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga oid qator dolzarb masalalar ko‘tarildi.

🔍 Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan joyning o‘zida bog‘lanilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish va ularning ijrosini nazorat qilish yuzasidan kelishib olindi.

📉 Uchrashuvda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, mahallalarda obodonlashtirish va infratuzilma holatini yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Sevara Fayziyeva aholi manfaatlarini himoya qilish, har bir murojaatni manzilli o‘rganish va ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatish deputatlik faoliyatining eng muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

✅ Qabul yakunida barcha murojaatlar tegishliligi bo‘yicha nazoratga olinib, ularning ijobiy yechimiga erishish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi. Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5