35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Yoshlar bandligi va “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi.
Yoshlar bandligi va “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Erkayev Bekzod Karimovich tomonidan Damariq mahallasida yoshlar masalalari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi Z.Bashirov tomonidan ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda davlat dasturlari doirasida ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari, turli fan va kasb-hunar to‘garaklari hamda vatanparvarlik ruhidagi uchrashuvlarga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish natijasida ayrim dolzarb masalalar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:
🔹 ayrim ishsiz yoshlarning mutaxassisligiga mos ish o‘rinlari yetarli emasligi;
🔹 xorijiy tillar va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarni oshirishga ehtiyoj yuqoriligi;
🔹 ijtimoiy tarmoqlardan maqsadsiz foydalanish, vaqtni samarasiz o‘tkazish va kasbiy rivojlanishga yetarli e’tibor qaratilmayotgan holatlar uchrayotganligi.
🔎O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ishsiz yoshlarni bandlikka keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasidagi tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish hamda davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 4