35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Qonun ijrosi o‘rganildi

Qonun ijrosi o‘rganildi

✅ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Qodirov tomonidan 07.05.1993 yildagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 846-XII-sonli Qonuni ijrosi va uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur qonun fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan mulk huquqlarini ta’minlash, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni xususiy mulkka aylantirish hamda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri hisoblanadi.

✅ O‘rganish jarayonida korxonada qonun talablarini bajarish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, uy-joylarni xususiylashtirish bilan bog‘liq murojaatlar bilan ishlash holati hamda tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, fuqarolarga qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar, xususiylashtirish tartibi hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ Deputat tomonidan qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, korxona rahbariyati va mas’ul mutasaddilar bilan kelgusida bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, qonun ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarning uy-joyga oid huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4