35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huziridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huziridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2025-yil 7-apreldagi VII-8-54-8-113-K/25-son qarori asosida tashkil etilgan tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatining samaradorligini oshirish, Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilish hamda ularning ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Ekspert guruhi a’zolari tomonidan tuman hayotidagi dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilinib, ularni hal etish, aholining turmush darajasi va farovonligini yanada oshirish, mahalliy Kengash va tegishli tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish davomida mahalliy vakillik organlari faoliyatiga jamoatchilik va mutaxassislarni keng jalb etish, qarorlar loyihalarini puxta ekspertizadan o‘tkazish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3