Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumani “Zaminobod” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaat asosida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i O.O. Muminov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩Murojaatda mahalla hududidagi Marg‘ilon ko‘chasi hamda Marg‘ilon tor ko‘chasida oqava suv tarmoqlari (kanalizatsiya) tizimi mavjud emasligi sababli aholi uzoq yillardan buyon qator noqulayliklarga duch kelayotgani qayd etilgan.

🔎 Fuqarolarning ta’kidlashicha, kanalizatsiya tizimining yo‘qligi hududdagi sanitariya-gigiyena holatining yomonlashishiga sabab bo‘lib, aholi salomatligi hamda turmush sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yoz mavsumida ushbu muammo yanada dolzarb tus olib, mahalla aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

📝 Shu munosabat bilan deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan mazkur masalani atroflicha o‘rganish, Zaminobod mahallasining Marg‘ilon va Marg‘ilon tor ko‘chalarida oqava suv tarmoqlari (kanalizatsiya) tizimini barpo etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda tegishli amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔺 Deputatlik so‘rovida mas’ul tashkilotdan o‘rganish natijalari va ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotni qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1