Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda

↗️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat xodimlari B.Xoliqjonova va U.Shopotixovlar bilan birgalikda tumanda amalga oshirilayotgan “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi ustidan Kengash nazoratini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

📁 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi III-25-26-14-197-K/26-sonli qaroriga muvofiq, Jamoatchilik fikri asosida 2026-yil
1-mavsumida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. Mazkur qaror asosida jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish uchun tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari yo‘naltirilgan.

🇺🇿 Shu munosabat bilan tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva tomonidan tuman ijro hokimiyati vakillari bilan hamkorlikda joylarda o‘rganishlar tashkil etilmoqda. O‘rganishlar davomida 2026-yil I-mavsum “Open budjet” loyihasida g‘olib deb topilgan 15-sonli Oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, xususan fasad qismi va bino tomining 600 m2 qismini joriy ta'mirlash yuzasidan obyektdagi mavjud holatlar o‘rganildi.

📈 Mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokamalarda qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi qurilish me’yorlari asosida amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ta’kidlash joizki, aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatlari yuzasidan Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida ham o‘rganish ishlari olib borildi. Deputat va tuman ijro hokimiyati vakillarining o‘zaro hamkorligi natijasida aholi tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar izchil hayotga tatbiq etilib, hududlardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.

✅ Kelgusida ham mazkur loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi deputatlar hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining doimiy e’tiborida bo‘lib qoladi.
Slide 1 of 13