Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
#DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan deputat J.Pardayevning
yordamchisi T.Abdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati kotibiyati mudiri M.Xo‘janov, Kengashi deputati, O‘zMTDP tuman Kengashi raisi A.Mamatmuratov, O‘zLiDEP tuman Kengashi raisi J.Hayitov va Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari ishtirokida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida “Bo‘ston” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar hamda yangi ish o‘rinlari yaratish holati o‘rganildi. 

Shuningdek, ustaxona faoliyatini yanada kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan mutasaddilar bilan fikr
almashildi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar
bildirildi. Deputatlik nazorati tadbirlari hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish hamda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 5