Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatining ish rejasiga muvofiq Boyovut tumani “Navro‘z” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Hakimov 2026-yil 14-mart kuni o‘tkazilgan mahalla raisi saylovlarida g‘olib bo‘lib, o‘z faoliyatini boshlagani ma’lum bo‘ldi. Faoliyat boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, mahallada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani kuzatildi.

Xususan, mahalla raisi tomonidan aholi bilan muntazam uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etib borilayotgani, fuqarolarning murojaat va takliflariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Shuningdek, mahalla hududidagi ichki yo‘llar holati o‘rganilib, mavjud dasturlar doirasida ko‘chalarni bosqichma-bosqich asfaltlash ishlari amalga oshirilayotgani sababli ushbu yo‘nalishda jiddiy muammolar mavjud emasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, mahalla raisining tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalardan biriga amaliy yordam ko‘rsatilgani va bu boradagi ishlar davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi tomonidan mahalla faoliyatiga oid ayrim hujjatlarni amaldagi talablar asosida rasmiylashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

“Navro‘z” mahallasi haqida qisqacha ma’lumot:
⚫️Aholi soni – 5 476 nafar;
⚫️Oilalar soni – 1 627 ta;
⚫️Xonadonlar soni – 1 078 ta;
⚫️Ko‘chalar soni – 22 ta;
⚫️Erkaklar soni – 2 879 nafar;
⚫️Ayollar soni – 2 597 nafar;
⚫️Nogironligi bo‘lgan shaxslar – 212 nafar;
⚫️Mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar – 280 nafar;
⚫️Ishsiz fuqarolar – 33 nafar.

Slide 1 of 4