Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Xalq demokratik partiyasi Vobkent tumani Kengashi deputatlik guruhi tashabbusi bilan navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi. Unda tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, shuningdek, yongʻin xavfsizligi, elektr tizimlari, sanitariya va umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati yuzasidan olib borilgan oʻrganishlar natijalari muhokama qilindi.

💬Yigʻilish avvalida deputatlik guruhi tomonidan amalga oshirilgan monitoring ishlari yakunlari yuzasidan tayyorlangan axborot eshitildi. Taʼkidlanishicha, oʻrganishlar davomida maktabgacha taʼlim muassasalarida xavfsizlik qoidalariga rioya etish darajasi, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilingan.
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan aniqlangan ayrim muammoli holatlar, xususan, yongʻin xavfsizligi jihozlarining holati, elektr tarmoqlarining xavfsiz ishlashi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, bolalar uchun xavfsiz va sogʻlom muhit yaratish boʻyicha masʼul tashkilotlarning javobgarligini yanada oshirish zarurligi taʼkidlandi.

❓Yigʻilish yakunida deputatlik guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini kuchaytirish hamda doimiy nazoratni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

📎Mazkur yigʻilish tumanda bolalar xavfsizligini taʼminlash va maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
 

Slide 1 of 3