Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 21-Samarqand saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev tomonidan Saidobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilishi rejalashtirilgan madaniyat uyi obyektining holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida mazkur obyekt qurilishi bir necha yildan buyon yakunlanmaganligi hamda foydalanishga topshirilmagani aniqlandi. Natijada mahalla yoshlarini madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklarga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlari cheklanib kelmoqda.
📨 Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan Bag‘dod tumani Madaniyat bo‘limiga deputat so‘rovi yuborilib, unda:
▪️ obyektning bugungi kundagi holati;
▪️ shu kungacha amalga oshirilgan qurilish ishlari;
▪️ qurilishning to‘xtab qolish sabablari;
▪️ obyektni yakunlash va foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Slide 1 of 1