Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov tomonidan “Ko‘kpatas” MFY hududida faoliyat yuritayotgan Ko‘kpatas oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarga o‘z vaqtida va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish holati hamda bepul berilishi belgilangan dori vositalari bilan ta’minlash jarayonlari atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida:
🔹 fuqarolar qabuli va murojaatlar bilan ishlash tizimi;
🔹 shifokor va hamshiralar tomonidan olib borilayotgan patronaj xizmatlari;
🔹 ona va bola salomatligini muhofaza qilish ishlari;
🔹 surunkali kasallikka chalingan bemorlarni nazorat qilish;
🔹 bepul beriladigan dori vositalarining mavjudligi, saqlanishi va tarqatilishi;
🔹 tibbiyot muassasasining sanitariya holati hamda moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga yaratilayotgan sharoitlar, tibbiy xizmatlardan foydalanish darajasi va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimini kuchaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli va qulay tibbiy xizmatlarni tashkil etish borasidagi nazorat tadbirlari davom etadi.

Slide 1 of 3