Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Payariq tuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Payariq tuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.

Yig‘ilish davomida tumanda tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish, mavjud gaz tarmoqlarini ta’mirlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlarga suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish, iste’molchilar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Komissiya a’zolari tomonidan sohada aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 3