Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov aholi bandligini taʼminlash, xonadonlarda daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida saylov okrugidagi hududlarda oʻrganish ishlarini olib bordi.

Deputat Yoyilma MFY Anhor boʻyi koʻchasi 49-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yoʻlga qoʻyilgan naslli qoʻylar yetishtirish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganish jarayonida xonadonda chorvachilikni rivojlantirish, naslli qoʻylarni parvarishlash hamda ushbu faoliyat orqali aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqildi.

Oʻrganishda deputatga Ijtimoiy xizmatlar markazi mahalla xodimi hamrohlik qilib, hududdagi oilalarning ijtimoiy holati, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Deputat X.Abdurahmonov aholi tomorqasidan samarali foydalanish, chorvachilikni rivojlantirish va oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish bugungi kunda bandlikni taʼminlashning muhim omillaridan biri ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning mavjud muammo va takliflari tinglandi.

Slide 1 of 4