Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Karmana tumanida maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati va istiqbolli loyihalar o‘rganildi

Karmana tumani hokimi, xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati Sh.Boltayev, 9-Gulobod saylov okrugi deputati G.Shodiyeva hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari — tuman prokurori va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishtirokida "Kalovot" mahallasida joylashgan “Amin Kids” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida mas’ullar muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim sifati bilan yaqindan tanishdilar. Tarbiyalanuvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ular o‘zlari ta’lim olayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha egallagan bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Tashrif davomida tashkilot rahbari bog‘cha hududidagi bo‘sh yer maydonida qo‘shimcha bino qurish va faoliyatni kengaytirish borasidagi rejalarini bayon etib, bu masalada amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Tuman hokimi Sh.Boltayev loyiha hujjatlari taqdim etilgach, murojaat tegishli tartibda o‘rganib chiqilishini va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun zarur ko‘mak berilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 4