Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Тuyalas MFYda elektr tarmog‘i muammolari yuzasidan deputat so‘rovi

             Jalaquduq tumani Tuyalas MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarni qiynab kelayotgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi. Mazkur deputat so‘rovida Tuyalas ko‘chasining ichki qismida joylashgan 9 ta xonadonga xizmat
ko‘rsatuvchi elektr tarmog‘idagi mavjud muammolar ko‘tarildi. Xususan, hududdagi yog‘och elektr ustunlari tartibsiz joylashtirilgani sababli aholi xonadonlariga kirib-chiqishda noqulayliklar yuzaga kelayotgani, katta hajmdagi transport vositalari hamda maxsus texnikalarning harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotgani ta’kidlandi.Shuningdek, elektr simlari texnik va xavfsizlik me’yorlariga javob bermaydigan holatda tortilgani fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani qayd etildi.Deputat so‘rovida mutasaddi tashkilotlardan hududdagi eski yog‘och elektr ustunlarini yangi beton ustunlarga almashtirish, elektr simlarini amaldagi texnik me’yorlar asosida tartibga keltirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan. Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.
  

Slide 1 of 4