Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Aholi muammolari va tomorqa madaniyati e’tibor markazida

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova: Aholi muammolari va tomorqa madaniyati e’tibor markazida

Bugun mamlakatimizda “mahallabay” ishlash tizimi asosida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini joyida hal etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova tumandagi mahallalarda navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida asosan ikki muhim masalaga alohida e’tibor qaratildi:

Fuqarolarning yashash sharoitlari, bandlik, sog‘liqni saqlash va infratuzilma bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish.
Aholi xonadonlaridagi ekin maydonlaridan samarali foydalanish orqali oilaviy daromadni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.

D.Safarova xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Muloqotlar davomida "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"da ro‘yxatda turgan oilalarning holatidan xabar olindi.

Aniqlangan muammolarning aksariyati joyida hal etildi, muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi Kengash nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1