Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sherpo‘lat Boyqulovning kunlik Ish rejasiga muvofiq, 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Jamshid Pardayevning saylov okrugiga tegishli Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” hamda "Chep" mahallalarida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

Tadbir davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ijtimoiy infratuzilma obyektlaridagi ishlar holati atroflicha o‘rganildi. Xususan, Oltinsoy tumani “Bo‘ston” MFY hududida joylashgan ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasining rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishildi. Mazkur qurilish ishlari “XOJI AKBAR MEGA QURILISH” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, obyektning zamonaviy talablar asosidabarpo etilishi hamda aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilayotgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Obyekt hududida mavjud ayrim kamchilik va muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish hamda ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

Shuningdek, "Chep" mahallasi yettiligi faoliyati o'rganilib, joriy yilning o'tgan davrida amalga oshirgan ishlari
tahlil qilindi. Mahalladagi muammolar deputatlar tomonidan doimiy nazoratda ekanligi mahalla vakillari tomonidan ta'kidlandi.
 

Nazorat-tahlil tadbirlari davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish hamda tibbiyot muassasalarini zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash borasidagi ko'rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 7