Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Tuman soliq inspeksiyasi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishida tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Ro‘zimovaning 2026-yil I-chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi. 

Hisobotda qayd etilishicha, I-chorakda tuman byudjeti tushumlari belgilangan reja ortig‘i bilan bajarilib, 6 milliard 334 million so‘mdan ortiq mablag‘ tushirilgan. 

“Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi asosida olib borilgan ishlar natijasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va qo‘shimcha soliq manbalarini aniqlash bo‘yicha ijobiy natijalar qayd etildi. 

Jumladan, 42 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati qayta tiklandi, 39 ta yangi ish o‘rni yaratildi, 75 nafar tadbirkor va 21 ta dehqon xo‘jaligi ro‘yxatdan o‘tkazildi hamda 1346 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi. 

Yig‘ilishda mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, soliq bazasini kengaytirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.1616:20


 

Slide 1 of 3