Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
🏛 Shovot tumanida kommunal sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 12-maydagi VII-25-53-12-177-K/26-sonli qaroriga asosan, tumanda ichimlik suvi, elektr energiyasi, gaz ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitildi.

📌 Hisobotda tumanda 2025-yilda 297 xonadondan iborat 9 ta uy-joy foydalanishga topshirilgani, Yangiobod mahallasida 400 metr ichimlik suvi tarmog‘i rekonstruksiya qilingani hamda Qirg‘oqbo‘yi va Istiqbol mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarda oqova suv nasoslari yangilangani qayd etildi.

⚡️ Shuningdek, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 37 km elektr tarmoqlari va 29 ta transformator punktida joriy ta’mirlash ishlari olib borilgani, yangi elektr tarmoqlari hamda transformator punktlari qurilib foydalanishga topshirilgani ma’lum qilindi.

🌱 Qarorda energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, gaz va suv ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish hamda aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✅ Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, aholi o‘rtasida energiya tejash va resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish tavsiya etildi.