Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida tumanda “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan 1-bosqich “Drayver” loyihalarini amalga oshirish, zarur infratuzilmani yaratish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati M. Mirzajonova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Yo‘l xarita”ning 47-bandida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi. Mazkur bandga asosan “Bunyodkor” mahallasi hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi D-040 avtomobil yo‘li bo‘yidagi 0,7 gektar bo‘sh yer maydonida savdo va servis xizmatlari hududini tashkil etish belgilangan.

Aniqlanishicha, hozirgi kunda hududda qurib bitkazilgan savdo do‘konlarini foydalanishga topshirish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, qolgan yer maydonlari bo‘yicha loyiha hujjatlari tayyorlangan bo‘lib, ushbu hududlarni elektron auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi, hududda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3