Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
KENGASH RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV TOMONIDAN AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 14-Cho‘qqayma saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxriddin Janobovich tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida deputat hududda yashovchi aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, jumladan infratuzilma holati, ichki yo‘llarning ta’mirga muhtoj qismlari, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minotidagi ayrim muammolar hamda kommunal xizmatlar sifati yuzasidan bildirilgan fikr va takliflarni tingladi. Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, bandlik masalalari hamda mahalla hududida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan obodonlashtirish ishlari bo‘yicha ham bir qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib chiqish va amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi. Tuman Kengashi raisi tomonidan aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularni tizimli hal etish hamda fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.  

Slide 1 of 3