Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Taʼlim va tarbiya jarayonlari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat M.Naimova tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov bilan birgalikda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli “Kelajak” markazida boʻlib, taʼlim maskani faoliyati oʻrganildi.

Vobkent tuman “Kelajak” markazi “Quruvchi” MFY joylashgan boʻlib, binosi 2 qavatli, umumiy xonalar soni 22 tani tashkil qiladi, bir muddatda 100 nafar toʻgarak aʼzosini qamrab oladi.

Bugungi kunda oʻquvchilar qamrovi 1000 nafarni tashkil etadi. 13 ta umumtaʼlim maktablarida 18 ta tarmoq toʻgaraklari tashkil etilgan. Ota-nalar badal toʻlovlari qaror talablari asosida belgilangan boʻlib 61800 soʻm etib belgilangan (BHMning 15%). Ushbu toʻlovlardan tushadigan tushumlar qaror talablari asosida 40% miqdori tarmoq toʻgaraklari tashkil etilgan umumtaʼlim maktablarining maktab fondiga tushirilib berilmoqda.

“Kelajak” markazida 2025-2026-oʻquv yili mart oyi holatida 26 nafar toʻgarak rahbarlari faoliyat yuritayotgan boʻlib, shundan 9 nafari oliy, 9 nafari tugallanmagan oliy va 8 nafari oʻrta-maxsus maʼlumotiga ega. 23 nafar pedagoglardan 22 nafari ayollarni tashkil qiladi.

Deputat muassasa pedagog xodimlar bilan suhbat oʻtkazib, taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi. Xususan, oʻquvchilarning intellektual va maʼnaviy rivojlanishiga qaratilgan mashgʻulotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 

Slide 1 of 6