Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA ZAMONAVIY TIBBIYOT MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Parkent tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, zamonaviy va sifatli tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda “Milliy Medical” klinikasining yangi filiali
foydalanishga topshirildi. Mazkur muhim ijtimoiy loyihaning tantanali ochilish marosimida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputatlari faol ishtirok etib, hududda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbirda tuman hokimi, deputat Elmurod Po‘latov, tuman Kengashi raisi Faxritdin Dadamatov, viloyat Kengashi deputati va senator Maxmud Toir, shuningdek, tuman faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. So‘zga chiqqan deputatlar tomonidan mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, xususan, hududlarda zamonaviy xususiy tibbiyot muassasalarini tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va ilg‘or davolash usullarini joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar yuksak baholandi. Bu borada deputatlik nazorati va tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida deputatlar va ishtirokchilar klinikada yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mutaxassislar bilan muloqot qildilar hamda ushbu tibbiyot maskanining kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar. 

Slide 1 of 5