Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: MAHALLA "YETTILIGI" FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 23-bandi (mahalla yettiligi bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabat (fuqarolar bilan suxbatlashish orqali aniqlash)) ijrosini ta’minlash bo‘yicha Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Baltayev “J.Manguberdi” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” va fuqarolar bilan
uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat B.Baltayev mahalla “yettiligi” tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati va ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini o‘rgandi.

 O‘tkazilgan muloqotlarning asosiy natijalari: 

· Fuqarolar fikri: Deputat mahalla aholisi bilan yuzma-yuz suhbatlashib, “yettilik” tizimining samaradorligi, xususan, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining faoliyati bo‘yicha ularning ijobiy hamda tanqidiy fikrlarini tingladi. 

· Muammolarni aniqlash: Suhbat davomida aholini qiynayotgan bandlik, ijtimoiy yordam va hududiy infratuzilma masalalari ko‘rib chiqildi. 

Yechim va takliflar: Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “mahalla yettiligi”ga tegishli tavsiyalar berildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan, joyida hal etish imkoni bo'lmagan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi. 

Uchrashuv yakunida mahalla faollari va yetti nafar mas’ul xodimning aholi bilan doimiy va ochiq muloqotini uzluksiz yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 2