Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida

Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Hasanov Baxtiyor Vaxapovich tomonidan “Muruvvat” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Mazkur muloqot O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan o‘rganilib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2