Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Muammolar joyida o‘rganilmoqda!

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Manzur Abdullayev Qo‘qon shahridagi "Shirin" MFY aholisi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. 

Xalq deputatlari Qo'qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov va bosh mutaxassis X.Abdullayev ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Muloqot davomida Navoiy mavzesidagi 1-2-sonli ko‘p qavatli uylarning eskirgan elektr uzatish qurilmasini (TP) yangisiga almashtirish hamda hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatining qoniqarsizligi masalalari ko‘tarildi. Deputat tomonidan barcha murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

"Shirin" MFYdagi deputatlik uchrashuvida shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov aholini qiynayotgan kommunal muammolarga huquqiy nuqtai nazardan yondashdi. Aholining BSK faoliyatidan noroziligi yuzasidan A.Nosirov yangi tahrirdagi qonunchilik talablari va shartnoma shartlari bo‘yicha tushuntirish berib, fuqarolarga o‘z haq-huquqlarini himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi. Bu kabi tushuntirishlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish va muammolarni qonuniy hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4