Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputat Xusainov Alisher Abduvaxobovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida keltirilishicha, hududlarga biriktirilgan "Yettilik" rahbar xodimlari tarkibida soliq xodimlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, mahalla fuqarolar yig‘inining eng yuqori organi — fuqarolar yig‘ini umumiy yig‘ilishi hisoblansa-da, taklif etilganiga qaramasdan, soliq xodimlari ushbu yig‘ilishlarda hamda deputat bilan uchrashuvlarda ishtirok etmayotganligi sababli ko‘tarilgan masalalar o‘z yechimi kutilayotgani aytilgan.

Vaholanki, mulkdorlar ijarachilar bilan shartnomalarni "ijara.soliq.uz" onlayn platformasi orqali rasmiylashtirishi va jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar

bo‘yicha tegishli soliqlarni budjetga to‘lashlari shart. Mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlariga aynan shu holatlarni aniqlash, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va boshqa vazifalar 21.12.2023 yildagi "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-209- sonli Prezident Farmonida hamda 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Mahalla yettiligi"dagi soliq inspektorining vazifalari, huquqlari va majburiyatlari haqidagi uslubiy qo‘llanmada yuklatilgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan vazifalarga soliq xodimlari yetarlicha mas’uliyat bilan yondashmayotganligi keltirilgan.

Tuman soliq inspeksiya rahbaridan MFYlarda o‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda soliq xodimlarining bevosita ishtirokini ta’minlash;

Fuqarolarning savollariga joyida javob berish va muammolarni bartaraf etishda faollik ko‘rsatish;

"Bek To‘pi" va "Al-Xorazmiy" MFYlarida uy-joyini ijaraga berayotgan hamda ijarada yashayotgan fuqarolarni aniqlash, ularning to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, qonuniy shartnomalar tuzish va soliqlarni undirishga qaratilgan choralarni ko‘rishda amaliy yordam so‘ralgan.

Slide 1 of 1