Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Muzrabot tumanining "Olmazor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Eshqobil Sobirovning Muzrabot tumanining "Olmazor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda nuroniy otaxonlar, mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirlar davomida deputat Eshqobil Sobirov o'z saylovchilariga joriy yilning o'tgan davri mobaynidagi faoliyati, bugungi olib borilayotgan islohot va yangiliklar yuzasidan axborot berdi. Xususan, mahallada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori asosida keng ko‘lamli infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilayotganligini ta'kidladi. 

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan doimiy ravishda tuman Kengashining sessiyasida tegishli mas'ullarning hisoboti muhokama qilinib kelayotganligi fuqarolarga yetkazildi. 

Uchrashuvda oqsoqol Xolmo'min Umirovning kadastr masalasidagi muammosi shu joyni o'zida aniqlik kiritilib hal qilindi. Fuqarolar tumanda amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni guvohi bo'lib turganligi, yaratilayotgan sharoitlardan minnatdor bo'lib Muhtaram Prezidentimiz, qolaversa, barcha deputatlar va mas'ullarga mamnuniyat bilan shukronalik bildirdi.

Slide 1 of 4