Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Jamila Xudoyqulova tomonidan “Yetimqum” mahallasida olib borilayotgan ishlari joyiga chiqib o‘rganildi

Mazkur amaliy ishlar Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun tasdiqlangan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida “Yetimqum” mahallasining ichki ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Nazorat-tahlil tadbirlari davomida asfalt yotqizish jarayonining sifati, texnologik talablarga muvofiqligi hamda ishlarning borishi joyida ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Hududda amalga oshirilayotgan mazkur ishlar aholi uchun qulay sharoit yaratish, ichki yo‘llar holatini yaxshilash hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4