Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida tashkil etilgan savdo do‘koni o‘rganildi

#tavsiyalar_asosida_tadbirkorlik

Hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida tashkil etilgan savdo do‘koni o‘rganildi

Mirzo Ulug‘bek mahallasida hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida yo‘lga qo‘yilgan savdo do‘koni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Tashrif davomida tadbirkor tomonidan tashkil etilgan do‘kon faoliyati, unda sotilayotgan meva-sabzavot hamda go‘sht mahsulotlarining sifati va aholiga xizmat ko‘rsatish holati bilan tanishildi. Shuningdek, savdo jarayonining yo‘lga qo‘yilishi, mahsulotlarni yetkazib berish tizimi va mijozlarga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Sh. Isamutdinov, I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amaliy natijalari, savdo hajmi hamda aholi ehtiyojini qondirish darajasi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Mazkur savdo do‘koni mahallada iste’mol bozorini to‘ldirish, aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash hamda bandlikni oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5